35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

Lochin MFYda xotin-qizlar faoli faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrdagi 706-II-son “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2022-yil 28-yanvardagi O‘RQ-734-son “Xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi Lochin mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish hamda xotin-qizlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan yuritilayotgan hujjatlar, "Ayollar daftari" doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish va qonunchilikda belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish mahallalarda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda deputatlik nazoratini samarali amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar doirasida olib borildi.

Slide 1 of 3