35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
янв.21
Yo‘llar obodligi — aholi farovonligi mezoni
"OPEN BUDJET" LOYIHALARINING SIFATLI VA O‘Z VAQTIDA BAJARILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Open_byudjet_ijrosi #Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi

"OPEN BUDJET" LOYIHALARINING SIFATLI VA O‘Z VAQTIDA BAJARILISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "4-Qoryog‘di" saylov okrugi deputati Djalolov Sanjar Gayratovich tomonidan "Open budjet" loyihasining 2026-yil birinchi mavsumida g‘olib deb topilgan Qoryog‘di mahallasidagi 19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📁 "Ochiq byudjet" axborot portali orqali ovoz yig'ish natijasiga ko'ra g'olib deb topilgan mazkur loyihaga xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 31-martdagi III-27-27-14-202-K/26-sonli qaroriga asosan:
- barcha hojatxonalari, kanalizatsiya tizimlari hamda yerto'la quvurlarini ta'mirlash;
- eshik, deraza-romlarini yangilash;
- muassasaning tashqi, ichki sovuq suv tizimi hamda oqova suv kommunikatsiya tarmoqlarini ta'mirlash;
- muassasa oshxonasini to'liq ta'mirlash ishlariga jami 1 mlrd. 648 mln. so'm mablag' yo'naltirilgan.

📆 O‘rganish davomida loyiha doirasida bajarilayotgan ishlarning borishi, ularning tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish ishlari sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishiga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Shuningdek, pudratchi tashkilot vakillari va mas’ul mutaxassislar bilan muloqot o‘tkazilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Bajarilayotgan ishlarni sifatli yakunlash, mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish zarurligi ta’kidlandi.

📊 Deputat tomonidan mazkur loyiha ijrosi yuzasidan nazorat ishlari izchil davom ettirilishi, qurilish jarayonining har bir bosqichi muntazam monitoring qilib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 5