Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash jarayonlari deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Olmazor” mahallasidagi umumta’lim maktabi holati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari tomonidan “Do‘stlik” MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
KUTUBXONALAR FAOLIYATI VA KITOBXONLIK MUHITI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-Xisarak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan o‘zi saylangan “Chinorbuloq” mahalla fuqarolari yig`ini hududidagi 49-son
umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi. Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ta’lim muassasasida kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni tahlil qilish hamda mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi. O‘rganish jarayonida kutubxonada jami 2500 dona kitob mavjudligi aniqlanib, shundan 1500 donasi badiiy adabiyotlar ekani ma’lum bo‘ldi. Qolgan qismi esa darsliklar, ilmiy-ommabop hamda metodik qo‘llanmalardan iborat. Badiiy adabiyotlarning mavjudligi o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini shakllantirishda, ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Shu bilan birga, kutubxona faoliyatini tashkil etish, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish holati, o‘quvchilarning kutubxonaga jalb etilish darajasi ham atroflicha o‘rganildi. Kutubxonada kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar, adabiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish borasida ham muayyan ishlar olib borilayotgani kuzatildi. Deputat tomonidan kutubxona fondini yanada boyitish, ayniqsa zamonaviy, yoshlar orasida qiziqish uyg‘otadigan adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, elektron kutubxona elementlarini joriy etish, kitoblar hisobini raqamlashtirish, o‘quvchilarni muntazam ravishda kutubxonaga jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi. O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, kutubxona faoliyatini yanada takomillashtirish hamda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar deputat nazoratiga olinishi alohida ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 4