#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S. Maxkamov tomonidan Istiqlol mahallasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikka keng jalb etish, kasanachilik asosida ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)