Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Masharipov va tuman Kengashi deputati M.Nurjanova tomonidan tumandagi Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hamda atrof hududlar holati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida:
— uylarning sanitariya holati va ichki yo‘laklari,
— yerto‘lalar va muhandislik kommunikatsiyalari,
— tungi yoritish tizimi,
— hudud tozaligi va obodonchiligi,
— bolalar maydonchalari xavfsizligi alohida ko‘zdan kechirildi.
✅ Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
🤝 Bunday nazorat tadbirlari hududlarni izchil rivojlantirish, aholi murojaatlariga joyida yechim topish va fuqarolar uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga xizmat qiladi.