Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M. Soyibboyev tomonidan fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
Mazkur murojaatda aholi tomonidan foydalanib kelinayotgan elektr transformatorining kuchlanishi me’yordan ortib ketayotgani, natijada elektr ta’minotida uzilishlar va nosozliklar yuzaga kelayotganligi qayd etilgan. Shu munosabat bilan hududdagi mavjud holat atroflicha o‘rganilib, elektr energiyasi ta’minotini barqarorlashtirish maqsadida yuqori quvvatli yangi transformator o‘rnatish zarurligi ko‘rib chiqildi.
O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.