Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi deputati Sobirov Eshqobil, xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sherboyev Dilmurod hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqovlar tumandagi "Navro‘z" mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni hal etish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.