Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tumandagi ta’lim muassasalari faoliyati hamda mavjud sharoitlari o‘rganildi
янв.21
Tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi faoliyati hamda amalga oshiriyotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏛 DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 40-sonli umumta’lim maktabida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Nazorat jarayonida maktabning sport zali, undagi sport anjomlari hamda ularning texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, sport jihozlarining o‘quvchilar uchun xavfsiz va samarali foydalanish talablariga javob berishi o‘rganildi.

Bundan tashqari, maktab kutubxonasi faoliyati, kitob fondining holati, darslik va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlanganlik darajasi hamda o‘quvchilarning kutubxonadan unumli foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash va o‘quvchilarga qulay ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha tegishli mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.