Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi faoliyati hamda amalga oshiriyotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
Dasturlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ–141-son qarori ijrosi doirasida, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasi asosida Muzrabot tumanidagi “Madaniyat” mahallasida qator infratuzilma ishlari olib borilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 5-Paxtakor saylov okrugidan saylangan deputat F.Alimov o‘zi saylangan “Madaniyat” mahallasida bo‘ldi. Hozirgi kunda mahallada loyiha bo‘yicha ishlar bajarilmoqda.

📌 Loyiha doirasida amalga oshirilishi belgilangan ishlar:

Xususan Madaniyat mahallasida;

🔹 2.8 km piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejamkor tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish

🔹 11.8 km asosiy va ichki yo‘llarni asfaltlash

🔹 Madaniyat mahallasida ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash

🔹 8 km elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash

🔹 250 kVA quvvatga ega 4 dona transformator o‘rnatish

Bugungi kunga qadar mahallada:

Hozirda mahallalarda ichki yo'llarni asfaltga tayyorlash, elektr tayanch ustunlar o'rnatish, ichimlik suvi linyalarini tortish ishlari olib borilmoqda

Bajarilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi tegishli mas’ullar tomonidan doimiy ravishda o‘rganilib, nazorat qilinmoqda.

Slide 1 of 9