Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputatlar tumandagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqdalar
янв.21
Tumanda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashining 2025-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 12–“Obodon” saylov okrugidan saylangan deputat D.Sherboyev tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Nurli hayot” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

Shundan so‘ng, MFY yettiligi va mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish davomida deputat tomonidan hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari ijrosini nazorat qilish, mahallada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturida belgilangan vazifalar, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimning belgilangan vazifalarni o‘zaro hamkorlikda bajarishini yo‘lga qo‘yish, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida deputat mahalla faollari tomonidan berilgan savollarga javob beridi. Shuningdek, aniqlangan mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqilib, aholi turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan galdagi vazifalar ham belgilab olindi.

Slide 1 of 5