Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlarimiz mahallalarda “mahalla yettiligini” o‘rgandi

      Joriy yilning 10-fevral kuni Sho‘rchi tumanidagi “Ezgulik” va “Ozod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla yettiligi faoliyati atroflicha o‘rganildi. 

     Tuman Kengashi raisi I.Saidov boshchiligida amalga oshirilgan ushbu tadbirda tuman Kengashi deputatlari O.Mamashukurov va B.Rajabov ham ishtirok etdi. 

     Deputatlar mahalla hayoti, aholi muammolari va mahalla yettiligida faoliyat ko‘rsatuvchi a’zolarning ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

     Suhbatlar davomida mahalla yettiligi a’zolari o‘z faoliyatidagi yutuqlari va duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida ma’lumot berdi. Shu bilan birga, deputatlar mahalla aholisining ehtiyojlari va masalalarini yanada samarali hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini ham eshitdi. 

     Ushbu tashrif mahalla hayotini rivojlantirish va aholining turmush farovonligini ta’minlashda mahalla yettiligi faoliyatining ahamiyatini yanada oshirishga qaratildi.  

Slide 1 of 1