O‘zbekiston liberal demokratik partiyasidan Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashiga 12-sonli “To‘rt-devor” saylov okrugidan saylangan deputat Masharipov Zuxriddin Nusratdinovich Ellikqal’a tuman To‘rdevor MFYda
o‘z saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tinglanib, o‘z yechimini topish uchun huquqiy maslahatlar berildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oliy majlisga murojaati bo‘yicha targ‘ibot – tashviqot ishlari olib borildi.
Uchrashuv so‘ngida dunyoda ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqida to‘xtalib o‘tildi va ishtirokchilar uzlari uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.