Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati M.Kenjayeva tuman OʼzliDEP rahbari SH.Abilov va viloyat kengashi deputati E.Sobirov bilan birga “Oriyat” mahallasi hududida joylashagan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 8-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganishdilar.

O‘rganish davomida ushbu ta’lim tashkilotida bolalar uchun mashg‘ulot xonasi va yotoqxonalarning holati, oshxonaning tozalik holati va kunlik taomnomalarning yuritilishiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, deputatlar tomonidan ta’lim tashkiloti mutasaddilariga tarbiyalanuvchining tashkilotda bo‘lish jarayonida maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan Davlat talablarining to‘laqonli bajarilishini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Slide 1 of 1