Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisi va hokim yordamchisi faoliyati hamda amalga oshiriyotgan tadbirlar samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Mahallalarda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda
янв.21
Dasturlar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
Sessiyada Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi koʻrib chiqildi

Sessiya ishida viloyat hokimining oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, siyosiy partiyalar, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, jamoat tashkilotlari, viloyat hokimligi boʻlinmalari masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Shuningdek, hududiy studiyalardan ham tegishli masʼullar videokonfrensaloqa orqali sessiya ishini kuzatib borishdi.

Sessiyada dastlab viloyat prokuraturasi tomonidan 2025-yilda viloyatda qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat prokurori Ulugʻbek Hamdamovning axboroti eshitildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masalada viloyatda jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va  huquqbuzarliklarning oldini olish hamda unga qarshi kurashish borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi asosiy vazifalar toʻgʻrisida viloyat ichiki ishlar boshqarmasi boshligʻi Ikromjon Tursunov hisobot berdi.  

Shundan soʻng deputatlar “Buxoro viloyatida 2026-yilda ishga tushiriladigan drayver loyihalarining manzilli dasturi toʻgʻrisida”gi, “Viloyat mahalliy byudjetining 2026-yil erkin qoldiq mablagʻlarini yoʻnaltirish toʻgʻrisida”gi   masalalarni koʻrib chiqdilar. Mazkur masalalar boʻyicha viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Hamza Qilichov axborot berdi. 

Kun tartibiga muvofiq belgilangan “Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan “Shoshilinch tibbiy yordam xizmatini takomillashtirish" loyiha konsepsiyasini kelishish  toʻgʻrisida”gi masala ham qizgʻin muhokamalarga boy boʻldi. 
Shuningdek, sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar koʻrib chiqildi. Bu borada deputatlarning fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. 
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 18