Taxiatosh tumani Xalqlar do‘stligi MFY hududida 34-kichik tuman biylari bilan turmush sharoiti, erta nikohning oldini olish, obodonlashtirish ishlari, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 18-Qurilishchi Saylov okrugi deputati Medetova Asiya uchrashuv o‘tkazdi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi muammolar, murojaatlar o‘rganildi va tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuboriladigan bo‘ldi. Boshqada murojaatlar joyda hal qilindi.