Joriy yilning 12-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-71-sonli qarori yuzasidan yig‘ilish boʻlib oʻtdi.
Boʻka tumanining 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabi pedagog jamoalаri ishtirokida tashkil etilgan yig‘ilishni Xalq deputatlari Boʻka tumani Kengashi deputati A.Shapambayev olib bordi.
Yig‘ilish davomida to‘y-ma’rakalar, bayramlar, tantanalar va boshqa marosimlarda isrofgarchilik holatini oldini olish yuzasidan targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.