Deputat va aholi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Dehqonova Toshxovuz mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida atroflicha suhbatlashildi.
Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan e’tiborga olinib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur ishlar olib borilishi ta’kidlandi.