“Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 04.04.2024-yildagi KQ-706-IV-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida.
Ishtixon tumani Kengashi deputati 11-O‘zbekiston saylov okrugidan saylangan Aliqulova Misqol hamda “Mahalla yettiligi” hamkorligida, Mahallalarda uyma-uy yurish, aholi muammolari va murojaatlarini oʻrganish, hal etish, ijtimoiy maʼnaviy muhitni yaxshilash boʻyicha “Shayxlar” MFYda o‘rganishlar o‘tkazdi.