Oliy Majlis Senati vakili А.Altiyev, xalq deputatlari Samaraqand viloyat Kengashi kotibiyat mudiri S.Usmonov hamda Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati mudiri J.Hamrayev boshchiligidagi deputatlarni Samarqand tuman Kengashi raisi S.Usmanov kutib oldi.
Mehmonlar Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, o‘zaro tajriba ham almashdi.
Uchrashuv davomida mehmonlar tuman Kengashining sohada amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirishdi.