Uchrashuvda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Solijon O‘sarov, O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari shoir Toshpo‘lat Tugalov ishtirok etishdi. Tadbir davomida O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari shoir Toshpo‘lat Tugalov qalamiga mansub "Mujda'', ''Surur'', ''Umr karvoni'' nomli she'riy to‘plamlaridan o‘quvchilar ijrosida yod olingan she'rlar tinglandi.
Shoir faol ishtirok etgan o‘quvchilarga kitoblaridan sovg‘a qildi.
Toshpo‘lat Tugalov va tuman Kengashi deputati Solijon O‘sarovlar 10-umumta'lim maktabi kutubxonasiga kitoblar to‘plamini sovg‘a qilishdi.