Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 26-may kuni mahalliy sanoatni rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda mahalliy sanoatni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Bu boradagi holat tuman va tarmoqlar kesimida tahlil qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.

Davlatimiz rahbari bu borada muhim tashabbusni ilgari surdi. O‘zbekistonda Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Unga xorijdan brend-menejer, dizayner, marketologlar jalb etilib, milliy brendlarimizni jahon bozoriga olib chiqishga ko‘maklashiladi. Xalqaro sertifikati bor, raqobatbardosh mahsulotlarga sifat belgisi berilib, dunyoda keng targ‘ib etiladi.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Xudoyarova