Yangi alifbo — milliy taraqqiyot va til ravnaqi sari muhim qadam
Til — millatning ma’naviy boyligi, yozuv esa uning tafakkuri va tarixini avlodlarga yetkazuvçi muhim vositadir. Şu bois özbek alifbosini takomillaştiriş davlat tilining nufuzini oşiriş, savodxonlikni yuksaltiriş va yozuv madaniyatini rivojlantirişda alohida ahamiyatga ega.
Alifboni takomillaştirişga qaratilgan özgarişlar yozuvdagi izçillikni ta’minlaş, imlo qoidalarini aniqlaştiriş va zamonaviy texnologiyalardan foydalanişni qulaylaştirişga xizmat qiladi. Xususan, Ğ, Ö, Ş va Ç kabi harflardan foydalaniş ayrim tovuşlarni alohida harflar bilan ifodalaş, yozuvni ixçamlaştiriş hamda elektron matnlar bilan işlaşni yengillaştiriş imkonini beradi.
Alifboni takomillaştiriş — şunçaki harflarni özgartiriș emas, balki ona tilimizning imkoniyatlarini kengaytiriş va uni zamon talablariga mos rivojlantirişdir. Zero, til ravnaqi — millat ravnaqi, milliy yozuvni rivojlantiriş esa kelajak avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.
Ulbazar Urinbaeva,
Xalq deputatlari Möynoq tumani kengaşi deputati, ÖzXDP deputatlik guruhi rahbari