MAHALLADAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati J.Usmonov tomonidan Obod mahallasida Qurilish-servis kompaniyasi (BSK) rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada mavjud muammolar, ularni bartaraf etish choralari hamda ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. BSK rahbari tomonidan fuqarolar tomonidan belgilangan badal to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilmayotgani, mazkur muammoni hal etishda deputatlar ko‘magiga ehtiyoj mavjudligi bildirildi.
Muloqot davomida ushbu masalani atroflicha o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish orqali muammoning yechimini topish yuzasidan fikr almashildi.