Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Mahalla yettiligi bilan dolzarb masalalar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv va muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahallada mavjud muammolar, ularni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada istiqomat qiluvchi oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. Bunda har bir oilaning mavjud muammolarini alohida o‘rganish, ularning ehtiyoj va imkoniyatlarini hisobga olgan holda manzilli yordam ko‘rsatish muhimligi ta’kidlandi.

Mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlari bilan tizimli ishlash va aholi muammolariga amaliy yechim topish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mahalladagi mavjud masalalarni hamkorlikda o‘rganish, aholi bilan muloqotni yanada kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish yuzasidan fikrlar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3