Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlarga oid davlat siyosati ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi M.Jo‘rayev faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, mahalladagi yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi faoliyatga e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida “Yangi Chorsu” mahallasi yoshlar yetakchisi tomonidan o‘tgan davr mobaynida 4 nafar yoshning to‘lov-kontrakt xarajatlari to‘lab berilishiga ko‘maklashilgani ma’lum bo‘ldi. Bu orqali yoshlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ta’limni davom ettirishiga ko‘maklashish borasida ishlar olib borilgan.

Shuningdek, 10 nafar yosh IT kurslariga yo‘naltirilgan. Mazkur yo‘nalish yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, zamonaviy kasblarni egallash hamda kelajakda bandlik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘rganish davomida yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini aniqlash, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj yoshlar bilan manzilli ishlash muhimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3