Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
🏛 HAR BIR BOLA HIMOYADA: YANGIARIQ TUMANIDA BOLALAR HUQUQLARINI TA’MINLASH BORASIDAGI ISHLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Q. Shajanov tomonidan Yangiariq tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining bolalarni ijtimoiy himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

 2026-yil oktabr holatiga tumanda 40 006 nafar voyaga yetmagan bola istiqomat qiladi. Shundan 13 nafari yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 727 nafari esa ota-onasi xorijga ketgani sababli qarindoshlari vasiyligi yoki homiyligiga berilgan bolalardir.

 “Mehr daftari”ga kiritilgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash doirasida kiyim-kechak, musiqa va sport jihozlari, haydovchilik kurslari hamda boshqa ehtiyojlar uchun yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki xavf ostidagi bolalarga ijtimoiy-huquqiy xizmatlar ko‘rsatilib, ota-onalar “Mehrli oila” xizmatiga jalb qilindi.

 Nazoratsiz va qarovsiz qolish xavfi mavjud bolalar bilan profilaktik ishlar olib borilib, ularni qo‘shimcha to‘garaklarga jalb etish hamda huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralari ko‘rildi. Bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha sud jarayonlarida ham vakillik amalga oshirilmoqda.

 Deputatlik o‘rganishining asosiy maqsadi — bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda har bir bolaning xavfsiz muhitda ulg‘ayishiga ko‘maklashish. 

Slide 1 of 4