Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
Yangi Chorsu mahallasining hududiy chegaralarini belgilash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 15-"Yangi Chorsu" saylov okrugidan saylangan deputati M.Yunusov tomonidan “Yangi Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla raisi Muxtorjon Yunusov hamda mahalla yettiligi a’zolari tomonidan mahalla hududiy chegaralarini belgilash bilan bog‘liq ayrim muammolar va noaniqliklar ma’lum qilindi.

Jumladan, “Yangi Chorsu” mahallasining chegaradosh boshqa mahallalar bilan tutash hududlarini aniqlashtirish masalasiga e’tibor qaratildi. Mavjud noaniqliklarni oydinlashtirish maqsadida hududiy chegaralar xarita yordamida ko‘rib chiqilib, chegaralarning aniq belgilanishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Mahalla hududiy chegaralarining aniq belgilanishi hududni boshqarish, mahallalar o‘rtasidagi mas’uliyat doirasini aniqlashtirish hamda aholi bilan ishlash jarayonlarini samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

O‘rganish yakunida mazkur masalani batafsil ko‘rib chiqish, mavjud noaniqliklarga oydinlik kiritish va mahalla chegaralarini belgilash bilan bog‘liq holatni aniqlashtirish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘shimcha o‘rganish olib borishga kelishib olindi.

Ushbu masala deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, uning qonuniy va aniq yechimini topish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3