Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI

DEPUTATLIK SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI: MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI BOLALAR MAYDONCHASI MASALASI KO‘TARILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich saylovchilar bilan uchrashuvlar, shuningdek, “Bo‘ston” MFY nuroniylari va faollari bilan suhbatlar davomida ko‘tarilgan masala yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilgan edi.
❇️ Muloqotlar davomida “Bo‘ston” MFY hududida joylashgan 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining bolalar maydonchasi qoplamasi o‘yilib, yaroqsiz holatga kelgani ma’lum bo‘lgan. Mazkur holat bolalarning maydonchadan xavfsiz foydalanishi, ochiq havoda o‘ynashi va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish masalasini kun tartibiga olib chiqqan.
❇️ Ushbu muammoni o‘rganish va uning yechimiga ko‘maklashish maqsadida deputat tomonidan 2026-yil 12-oktabrda 52-ds-485-26-sonli deputatlik so‘rovi Parkent tumani hokimligiga yuborilgan.
❇️ Parkent tumani hokimligining 2026-yil 14-oktabrdagi 5408-sonli javob xati orqali davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar o‘yin va sport maydonchalarini joriy ta’mirlash tartibi yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etildi.
❇️ Javob xatida tushuntirilishicha, bolalar o‘yin va sport maydonchalarini joriy ta’mirlash Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriyasi hamda muhandislari tomonidan ko‘rib chiqilib, tasdiqlangan smetaga muvofiq amalga oshiriladi. Zarur mablag‘lar esa mahalliy budjet xarajatlarining 4-guruhi — joriy ta’mirlash va materiallar sotib olish xarajatlari hisobidan ajratilishi belgilangan.
❇️ Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, ularning xavfsizligini ta’minlash hamda jismoniy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan biridir. Shu nuqtayi nazardan, bolalar maydonchalarining texnik holatini yaxshilash va ulardan xavfsiz foydalanish imkoniyatini ta’minlash alohida ahamiyatga ega.
✅ Deputatlik nazorati — aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni mas’ul tashkilotlar e’tiboriga yetkazish, ularning belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishiga ko‘maklashish va muammolar yechimini izchil kuzatib borish vositasidir. Mazkur masala yuzasidan berilgan rasmiy javobda ta’mirlash ishlari uchun mablag‘ ajratish tartibi bayon etilgan bo‘lib, bolalar maydonchasini ta’mirlash ishlari bajarilgani haqida javob xatida ma’lumot keltirilmagan.
➡️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi aholi manfaatlariga daxldor masalalarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish va hududlarda mavjud muammolarni hal etishga ko‘maklashish borasidagi deputatlik nazorati faoliyatini davom ettiradi.

Slide 1 of 1