Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI

 KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA SANITARIYA-TOZALIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna “Fayzobod” MFY raisi O. O‘roqov bilan birgalikda o‘zi saylangan hududdagi mahallada deputatlik nazorati tadbirini o‘tkazdi.
✅ Deputatlik nazorati doirasida mahalladagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga ko‘rsatilayotgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish xizmati hamda hududning sanitariya-tozalik holati o‘rganildi. Bunda chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish, hududlarda tozalikni saqlash va aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatiga e’tibor qaratildi.
🔵 O‘rganish davomida hudud aholisi bilan muloqot qilinib, ularning mavjud muammolari, taklif va murojaatlari tinglandi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlarga yetkazish hamda ularning yechimi yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan murojaat qilish belgilandi.
🔵 Shuningdek, hududda sanitariya-tozalik holatini muntazam nazorat qilish, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va shu bilan bog‘liq muammolarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur yo‘nalishdagi deputatlik nazorati davom ettiriladi.
Toza va obod hudud — aholi salomatligi va qulay yashash muhitining muhim omili. Shu bois, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya qoidalariga rioya etish va kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash masalalari deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Slide 1 of 4