Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI HAMDA O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
 🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 7-“Xisarak” saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich o‘zi saylangan hududdagi “Chinorbuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 49-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyatini deputatlik nazorati doirasida o‘rgandi.
❇️ O‘rganish davomida kutubxonaning kitob fondi, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda yoshlarni kitob mutolaasiga keng jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
❇️ Ma’lum bo‘lishicha, maktab kutubxonasi fondida jami 2 500 dona kitob mavjud bo‘lib, shundan 1 500 donasini badiiy adabiyotlar tashkil etadi. Qolgan kitoblar darsliklar, ilmiy-ommabop nashrlar va metodik qo‘llanmalardan iborat. Mazkur kitob fondi o‘quvchilarning bilimini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi.
❇️ Shuningdek, kutubxonada kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar, adabiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish borasidagi ishlar ham o‘rganildi. O‘quvchilarni muntazam kitob mutolaasiga qiziqtirish, ularning yoshiga va qiziqishlariga mos adabiyotlarni tavsiya etish hamda kutubxonadan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.
❇️ Deputat tomonidan kutubxona fondini zamonaviy, mazmunan boy va yoshlar orasida qiziqish uyg‘otadigan adabiyotlar bilan yanada boyitish zarurligiga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, elektron kutubxona imkoniyatlarini joriy etish, kitoblar hisobini raqamlashtirish hamda o‘quvchilarni kutubxonaga muntazam jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
✅ O‘rganish yakunida kutubxona faoliyatini takomillashtirish, kitobxonlik muhitini yanada rivojlantirish va o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi ta’kidlandi.
📚 Kitob — bilim manbai, mutolaa esa tafakkur va ma’naviyatni yuksaltiruvchi muhim vositadir. Maktab kutubxonalarini rivojlantirish va yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2