Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari A. Sulaymonov va G. Tugilova Sarbozor mahallasida joylashgan 26-sonli umumtaʼlim maktabida olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Maktab binosining tom qismi, sinf xonalari, yo‘laklar, sport zali va maʼmuriy xonalarida olib borilayotgan yangilash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Deputatlar qurilish-pudrat tashkiloti vakillari bilan suhbatlashib, ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash muhimligini taʼkidlandi. Shuningdek, o‘quvchilarning xavfsizligi va qulay sharoitlarda taʼlim olishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligini qayd etdi.
Deputatlar o‘z navbatida, kelgusida ham ijtimoiy soha obyektlarida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va taʼmirlash ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini davom ettirishlarini bildirdi.