Yangiliklar

Mahalla xodimlari faoliyati o‘rganildi

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan “Tovoqsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli va mahalla raisi faoliyatlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J.Sadirov tomonidan o‘rganildi.

🔹O‘rganish davomida:

-mahalla raisi Z.Akramov bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son qaroriga asosan hududda huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

-xotin-qizlar faoli L.Tursunbayeva bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga asosan xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.

Slide 1 of 3