Yangiliklar

12-Toshkesar saylov okrugidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga O‘zbekiston XDPdan saylangan deputat Mashraboyeva Hilolaxon o‘z saylovchilari bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida aholi tomonidan aytilgan muammolar tinglandi va ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bajariladigan ishlar belgilab olindi. Har bir murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Shuningdek, hududda yashayotgan besh nafar nogironligi bo‘lgan fuqarolarning holidan xabar olindi. Ularga e’tibor ko‘rsatilib, 3 dekabr — "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan tabriklar yetkazildi.

Slide 1 of 4