Yangiliklar

Kotib

«Xizmat — beminnat» ijtimoiy loyihasi doirasida xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova tashabbusi bilan okrugdagi fuqarolar holidan xabar olindi.

Fuqarolarning shikoyat va ehtiyojlari tinglanib, salomatlikni saqlash va davolanish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

«Inson salomatligi haqida g‘amxo‘rlik qilish — eng savobli ish. Loyihamiz doirasida mahallamizdagi e’tiborga muhtoj har bir fuqaroning holidan xabar olishni davom ettiramiz», — dedi Y. Madjidova.

Sog‘lom inson — baxtli oila, baxtli oila — obod mahalla!

Slide 1 of 2