Yangiliklar

Paxtakor tumanida oqova suv tarmoqlari yangilanmoqda

#Deputat_nazorati
#24ta_muhim_masala

💧 Paxtakor tumanida oqova suv tarmoqlari yangilanmoqda

Paxtakor tumani Olmazor mahallasi hududida aholi uchun qulay sharoit yaratish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash maqsadida oqova suv tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda.
🏗 Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida mavjud oqova suv tarmoqlari ta’mirlanib, tizimning barqaror va samarali ishlashini ta’minlashga e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur ishlarning borishi Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Z.Jumaboyev tomonidan nazoratga olinib, hududdagi ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishi o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 8