#162_ta_qonun_ijrosi
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Amanov hamda tuman Xalq qabulxonasi mudir o’rinbosari A.Mirfozilov ishtirokida aholi va saylovchilar bilan navbatdagi ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.
Uchrashuvda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish choralari ko‘rildi.
Asosiy e’tibor: ijtimoiy ta’minotini yaxshilashga doir takliflar;
Aholi va yoshlarning doimiy daromad manbalarini yaratish borasidagi murojaatlar;
Kelib tushgan arizalarni qonuniy muddatlarda ko‘rib chiqish.
Ko‘tarilgan dolzarb muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar belgilanib, ijrosi deputat va tuman Xalq qabulxonasi mudir o’rinbosari tomonidan qat'iy nazoratga olindi.