35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Oilaviy kelishmovchilik bartaraf etildi

Oilaviy kelishmovchilik bartaraf etildi
Novqa MFY hududida istiqomat qiluvchi oilada yuzaga kelgan oilaviy kelishmovchilik holati bo’yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Saidova tomonidan hamda mahalla faollari tomonidan yashash xonadonlariga borgan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida oila a’zolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud kelishmovchiliklarning sabablari muhokama qilindi. Tomonlarga oilada o‘zaro hurmat, sabr-toqat va murosa muhitini shakllantirish, farzandlar manfaatini ustuvor qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Suhbat va tushuntirish ishlari natijasida oila a’zolari o‘zaro kelishib, yarashuvga erishdilar.
Oilalarda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, nizoli holatlarning oldini olish hamda sog‘lom oilaviy muhitni mustahkamlash borasida profilaktik ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2