Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi: “Feruza” mahallasi hududidagi 205-sonli umumta’lim maktabi o‘rganildi.
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘z XDP a’zosi Kim Vitaliyning “Feruza” mahallasidagi 205-sonli umumta’lim maktabi oldida 2026-2027 o‘quv yilida o‘quvchi fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, piyodalar yo‘laklaridagi rangli belgilarni sifatli va uzoq muddatga xizmat qilishi uchun yo‘l belgilarini qayta chizilishi bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB boshlig‘iga yuvorilgan deputat so‘roviga rasmiy javob olindi.
Javob xatida ma’lum qilinishicha, deputat so‘rovida ko‘rsatilgan holat yuzasidan mutaxassislar ishtirokida hududga chiqib o‘rganish ishlari olib borilgan.
O‘rganish natijasida “Feruza” mahallasi hududidagi 205-sonli umumta’lim maktabi oldidagi piyodalar o‘tish joyi chiziqlari qayta chizilib, deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.