Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston XDP a’zosi Kim Vitaliy Gennadevich “Kamolot” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi bilan hududda “Mahalla obodligi va mehr-saxovat” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashdi.
Suhbat davomida mahallada obodonlashtirish-ko‘kalamzorlashtirish, mahallaning infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, hududagi muammolarni o‘rganish jarayonida 205-sonli umumta’lim maktabi yonidagi piyodalar o‘tish joyi chiziqlari ko‘rimsiz holatda ekanligi aniqlanib, yangitdan sifatli bo‘yoqlar bilan chizdirish maqsadida belgilangan tartibda mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi hamda nazoratga olinishi belgilab olindi.