Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.U. Xolmuratovaning 2026-yil 3-avgust kuniga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, bugungi faoliyat bir qator ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Kun avvalida xodimlarning davomatini nazorat qilish, E-Kengash va EDO tizimlari orqali kelib tushgan murojaatlar hamda rasmiy xatlar bilan ishlash, Kengash faoliyatiga oid yangiliklarni yoritish va xodimlar o‘rtasida kunlik vazifalarni taqsimlash ishlari amalga oshiriladi.
Kun davomida 12-saylov okrugidagi Eski Juma hamda 13-saylov okrugidagi Qatorterak mahallalarida o‘rganishlar o‘tkazilib, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar joyida tahlil qilindi. Kunning ikkinchi yarmida Kengash qarorlari va sessiyadan keyingi hujjatlar ko‘rib chiqilib, aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik so‘rovlari tayyorlandi. Shuningdek, Kengashning rasmiy axborot kanallarida amalga oshirilayotgan ishlar yoritilib, kun yakunlari sarhisob qilinadi.