35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

YOQILG‘I-ENERGETIKA RESURSLARI SOHASIDAGI QONUNCHILIK IJROSI DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 243-son qarori – “Yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarini belgilash to‘g‘risida”gi qaror ijrosi yuzasidan deputat nazorati tadbirlari olib boriladi.

O‘rganishda:
🔹 elektr energiyasi va tabiiy gaz yangi tarifi joriy etilishi;
🔹 iste'molchini narxlar va bazaviy me'yor bo‘yicha xabardor qilish ishlari;
🔹 elektr va gaz ta'minoti sifati uzluksizligini ta'minlash;
🔹 energiya resursi yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 energiya samaradorligi va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
🔹 aholi murojaati bilan ishlash muammoni bartaraf etish holati tahlil qilinmoqda.