35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Sattarov Aziz Rashitovich O‘zbekiston “Ekologik” partiyasi Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi lavozimiga tayinlandi.

A.Sattarov O‘zbekiston “Ekologik” partiyasidan saylangan Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida deputatlarning faolligi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi, saylov okruglarida olib borilayotgan deputatlik faoliyati muhokama qilindi.

Shuningdek, muloqot jarayonida bugungi davr hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda, partiya faoliyati chuqur tahlil qilinib, uning ishini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha fikr-mulohazalar, amaliy takliflar bildirildi.

Ushbu yig‘ilishda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna hamda Kengash kotibiyati mudiri Shomaxmudov Shoanvar Shomuxtorovich ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3