35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi Yuldasheva Muyassar Tairovna “Oqibat” okrugida “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Deputat hududda olib borilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari jarayonini ko‘zdan kechirib, qurilish mas’ullari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, obodonlashtirish ishlarining borishi va sifati muhokama qilindi.

Yakunda mas’ullar bilan birgalikda istiqboldagi ustuvor vazifalar va kechiktirib bo‘lmaydigan amaliy ishlar rejalashtirib olindi.

Slide 1 of 3