O‘zbekiston to‘kinchiligi MFYda tungi yoritish muammosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashi deputati G‘. Rayimnazarov tomonidan o'z saylov okrugi O‘zbekiston to‘kinchiligi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tungi yoritish bilan bog‘liq mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylar atrofida tungi yoritgichlarning yetarli emasligi oqibatida ayrim hududlarda qorong‘ulik yuzaga kelayotgani aniqlandi. Mazkur holat aholi xavfsizligi hamda harakatlanish qulayligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida hududlarga qo‘shimcha tungi yoritish vositalarini o‘rnatish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi kiritildi.
Mazkur masala ijrosi deputat tomonidan nazoratga olindi.