Yangiliklar

Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi

⛪️ Xalq deputatlari Xovos tumani Kengashi deputati F.Nurmatova o‘z saylov okrugi — Sohibkor mahallasida joylashgan 7-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

📕Tashrif davomida darslarning olib borilishi, o‘quvchilarning bilim olish jarayoni hamda yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, o‘qituvchilar bilan muloqot qilinib, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

📗Mazkur o‘rganish ishlari ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, o‘quvchilarga sifatli bilim berish va maktab faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1