Yangiliklar

Xalq deputatlar Xovos tuman Kengashi

📱Xalq deputatlari Xovos tuman Kengashi deputati T. Fayzullayev tomonidan ta’lim muassasalari o‘qituvchilari bilan sun’iy intellektdan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

✔️Uchrashuv davomida zamonaviy axborot texnologiyalari, xususan sun’iy intellekt imkoniyatlarini ta’lim jarayoniga joriy etish, dars sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning bilimini mustahkamlashdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, o‘qituvchilar tomonidan mavjud muammolar va takliflar tinglanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✔️ Mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1