Mahallada uchrashuv: muammolar o‘rganilib, takliflar bildirildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Xayrulla Gapparov, Namangah shahar Kengashi deputatlari Ubaydullayev Nosirxon, Yusupov Obidxon hamda Raxmatulloyev Adxamjonlar Namangan shahar Alpomish mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Tashrif davomida hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi hayoti va infratuzilma holati o‘rganildi.
👥 Tashrif doirasida:
✅ Nogironligi bo‘lgan fuqarolar xonadonida bo‘lib, ularning yashash sharoiti bilan tanishildi;
✅ O‘z tomorqasida issiqxona va limonariya tashkil qilgan tadbirkor fuqarolar bilan muloqot qilindi;
✅ Alpomish mahallasi yettiligi a'zolari va mahalla faollari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Hududdagi muammo va kamchiliklar joyida o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Aholining turmush darajasini yanada yaxshilash, mahallalarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Mahalla rivoji – jamiyat taraqqiyotining tayanchi!