Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva hamda bosh mutaxassis D.Berdiyarova tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida “Bahoriston” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
📌 O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari hamda “Mahallada obodlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✅ O‘rganish yakunida mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.