35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ko‘p qavatli uylar hududi o‘rganildi
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar murojaatlari asosida ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
QONUN IJROSI VA MAZMUN-MOHIYATI BO‘YICHA TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
MAHALLADA "YETTILIK" FAOLIYATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLAR HUDUDI O‘RGANILDI
янв.21
#infografika
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva tomonidan "Yangi hayot" mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash jarayonlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi raisi M.Movlanov, Kengash kotibiyati mudiri H.Amanbayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova tomonidan "Yangi hayot" mahallasida joylashgan 16-sonli umumta'lim maktabida PQ-377-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash va rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri H.Amanbayeva, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Berdiyarova hamda tuman Kengashi deputati G.Xolmurodova tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining 24 ta eng muhim yo‘nalishi doirasida mahallalarda aholi va bolalar foydalanayotgan sport inshootlari, sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan Avulmat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazildi.

 Tashrif davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, sinf xonalari, o‘quv jihozlari, hududning obodonlashtirilishi, sanitariya-gigiena holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar natijasida 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun to‘liq tayyor holatga keltirilgani,
binolar va sinf xonalarining ozoda va shinamligi, hududning obod hamda ko‘rkam ko‘rinishga ega ekanligi aniqlandi. Maktab jamoasi tomonidan ta’lim sifati va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etilgan.
Yangi o‘quv yili arafasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 7