#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati H. Xaydarova huzuriga fuqarolar tomonidan hududdagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaat joyiga chiqib o‘rganilib, ko‘tarilgan masalaning aholi uchun dolzarb ekani aniqlandi.
Mazkur muammo deputatning saylov okrugi bo‘yicha yuritiladigan muammolarni qayd etish daftariga rasmiy tartibda kiritildi.
Endilikda ushbu masalani amaliy yechimga olib chiqish maqsadida tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuboriladi hamda ijrosi doimiy nazorat ostida bo‘ladi.
Aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar murojaatlariga aniq natija bilan javob qaytarish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Youtube
E-kengash